Embassy of the Republic of Uzbekistan in Ukraine

Embassy of the Republic of Uzbekistan in Ukraine Добро пожаловать на страницу Посольства Республики Узбекистан в Украине!

12/06/2026
18-aprel kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Ukraina tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga bilan uchrashd...
20/04/2026

18-aprel kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Ukraina tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga bilan uchrashdi.

O‘zbekiston elchixonasida Navro‘z bayrami munosabati bilan ma’naviy-ma'rifiy tadbir o‘tkazildi.Tadbirda Ukrainadagi mura...
05/04/2026

O‘zbekiston elchixonasida Navro‘z bayrami munosabati bilan ma’naviy-ma'rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda Ukrainadagi murakkab vaziyatga qaramasdan, u yerda mehnat qilib va tadbirkorlik faoliyatini yuritib kelayotgan vatandoshlarimiz ishtirok etdi.
O‘zbekistonning Ukrainadagi elchisi Alisher Kurmanov yig‘ilganlarni Navro‘z bayrami bilan samimiy tabrikladi. U mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, ayniqsa xorijda yashab va ishlab kelayotgan vatandoshlarimizni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar haqida ma’lumot berdi.
So‘nggi yillarda xorijdagi yurtdoshlar va tadbirkorlar uchun qulay investitsiya muhitini yaratish, ishbilarmonlikni rivojlantirishga qaratilgan yangi imkoniyatlar joriy etilayotgani alohida ta’kidlandi.
Tadbir davomida ochiq muloqot tashkil etildi. Unda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi, mavjud muammolar yuzasidan fikr almashdi. Elchixona vakillari barcha masalalarga atroflicha tushuntirish berdi.
Vatandoshlarimiz yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar aholi farovonligini oshirish va mamlakat kelajagini mustahkamlashga xizmat qilayotganini alohida qayd etdi.
Tadbir yakunida mehmonlar uchun bayram dasturxoni yozilib, o‘zbek milliy taomlari ­– palov, non, manpar, chuchvara, chak-chak va turli shirinliklar taqdim etildi.

07/03/2026

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi
https://president.uz/oz/lists/view/9002

Выступление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на торжественной церемонии, посвященной Международному женскому дню
https://president.uz/ru/lists/view/9002

26/02/2026

Ҳурматли ватандошлар!
Муқаддас Рамазон ойи муносабати билан барчангизни чин дилдан самимий муборакбод этамиз!
Ушбу муборак ойда фуқароларимизнинг диний билимларини мустаҳкамлаш, қалбларга зиё улашиш ҳамда турли диний саволларга ишончли ва илмий асосланган жавоблар бериш мақсадида Ўзбекистон Республикаси Мусулмонлар идораси ҳузуридаги Фатво маркази қошида Қўнғироқлар маркази (Call center) фаолияти йўлга қўйилди.
Боғланиш учун:
Телеграм: ,
Ватсап: +998 91 780 66 33
Эндиликда ҳар бир ватандошимиз диний масалалар юзасидан ўзини қизиқтирган саволларни бевосита мутахассисларга йўллаб, аниқ ва ишончли жавоб олиш имкониятига эга.
Барчангизга ушбу файзли ойда тинчлик-хотиржамлик, мустаҳкам иймон, соғлик-саломатлик ва хайрли амаллар тилаймиз. Рамазон ойи хонадонларингизга барака ва нур олиб кирсин!

Ҳурмат билан,
Ўзбекистон Республикасининг Украинадаги Элчихонаси
Киев шаҳри

20/02/2026
20/02/2026

Hurmatli vatandoshlar!
O‘zbekiston Respublikasining Ukrainadagi Elchixonasi nomidan Barchangizni mehr-oqibat, xayru saxovat va shukronalik timsoli bo‘lgan muqaddas Ramazon oyining kirib kelishi bilan chin qalbdan samimiy muborakbod etamiz.
Ushbu shukuhli kunlarda barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt-saodat, xonadonlaringizga tinchlik va farovonlik tilaymiz.
Ro‘za kunlarida qilinadigan barcha ibodatlar, ezgu niyat va amallar ijobat bo‘lsin!
Barchangizni Yaratganning o‘zi panohida asrasin!
Ramazon oyi barchamizga muborak bo‘lsin!
Kamoli ehtirom ila,
O‘zbekiston Respublikasining
Ukrainadagi Elchixonasi

Address

Volodymyrska Street, 16
Kyiv
01901

Opening Hours

Monday 09:00 - 18:00
Tuesday 09:00 - 18:00
Wednesday 09:00 - 18:00
Thursday 09:00 - 18:00
Friday 09:00 - 18:00

Telephone

+380445015000

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Embassy of the Republic of Uzbekistan in Ukraine posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Organization

Send a message to Embassy of the Republic of Uzbekistan in Ukraine:

Share