Yaxshilik Karvoni

Yaxshilik Karvoni Oʻrta Osiyodan ummatga yordam

🗓️ 2020-yil 25-may.Oddiy bir sana…Ammo aynan shu kuni katta bir niyat, katta bir orzu va insonlarga manfaat yetkazish ma...
30/05/2026

🗓️ 2020-yil 25-may.

Oddiy bir sana…

Ammo aynan shu kuni katta bir niyat, katta bir orzu va insonlarga manfaat yetkazish maqsadi bilan Yaxshilik Karvoni o‘z faoliyatini boshlagan edi.

Oradan bugun 6️⃣ yil o‘tdi.

Bu yillar davomida biz nafaqat yordam ulashdik, balki yaxshilikning izini qoldirishga harakat qildik. Ehtiyojmand oilalarga oziq-ovqat va zarur yordamlar yetkazildi, minglab insonlarning duolariga sabab bo‘ldik.

Allohning fazli, so’ngra saxovatpesha insonlarning qo‘llab-quvvatlashi bilan masjidlar va madrasalar bunyod etildi. U yerlar bugun ham ibodat, ilm va ma’rifat maskani bo‘lib xizmat qilmoqda. Quduqlar qazildi, qurbonliklar ado etildi, yetim va kam ta’minlangan oilalarga ko‘mak berildi.

Har bir loyiha ortida bir insonning umidi, har bir ehson ortida bir qalbning samimiyligi bor edi.

6️⃣yil davomida ko‘plab yuraklar bir maqsad atrofida jam bo‘ldi — yaxshilik qilish maqsadi.

Bugun ortga qarab nazar tashlar ekanmiz, buning barchasi faqatgina raqamlar yoki hisobotlar emasligini ko‘ramiz. Bu — qilingan duolar, to‘kilgan ko‘z yoshlarining quvonchga aylangani, ilm olayotgan bolalar, ibodat qilayotgan mo‘minlar va umid topgan insonlar hikoyasidir.

2020-yil 25-mayda boshlangan bu safar bugun 6 yoshga to‘ldi.

Biz bilan birga yaxshilik yo‘lida yurgan barcha homiylarimizga, ko‘ngillilarimizga va duogo‘y insonlarga chuqur minnatdorchilik bildiramiz.

Alloh taolo qilgan barcha xizmatlarimizni O‘z dargohida qabul qilsin va bu karvonni yana uzoq yillar davomida ezgulik sari yetaklasin.

Yaxshilik Karvoni — yaxshilikdan tug‘ilgan, duolar bilan ulg‘aygan va umidlar sari davom etayotgan safar. 🤍✨

📆 2026 - yilgi qurbon bayramiga ham sanoqli kunlar qoldi. Siz ham o’z qurboningizni Afrikadagi nochor dindoshlaringizga ...
19/05/2026

📆 2026 - yilgi qurbon bayramiga ham sanoqli kunlar qoldi. Siz ham o’z qurboningizni Afrikadagi nochor dindoshlaringizga ulashishni istasangiz, bizga murojaat qiling:
📲 +22782757575

⏩ Qurbonlik faoliyatimiz o’z avjida davom etayotgan bir vaqtda, boshqa xayriyalarni ham unutib qo’ymaymiz.📚 Afrikalik ta...
19/05/2026

⏩ Qurbonlik faoliyatimiz o’z avjida davom etayotgan bir vaqtda, boshqa xayriyalarni ham unutib qo’ymaymiz.

📚 Afrikalik talabalarga Qur’oni Karim yetkizib berish, uzulmay davom etmoqda.

📲 +22782757575

🏳️Bu yilgi qurbonlik loyihamizda Afgʻonistonning shimoliy hududlarida yashovchi ehtiyojmand oʻzbek oilalariga ham go’sht...
14/05/2026

🏳️Bu yilgi qurbonlik loyihamizda Afgʻonistonning shimoliy hududlarida yashovchi ehtiyojmand oʻzbek oilalariga ham go’sht ulashtiramiz.

🌙 Yillar davomida sinov va qiyinchiliklarni boshdan kechirayotgan millatdoshlarimiz uchun Qurbon hayiti kunlarida mehr va saxovat ulashishni niyat qildik.

🐄 Qurbonlik uchun kerakli barcha hayvonlarni shariyat qoidalariga to’liq amal qilgan holda tanlab, sotib oldik.
Bu hayvonlar qurbonlik qiladigan egalarini kutmoqda. Ezgu amalimizda siz ham ishtirok eting.
Birgalikda mehr ulashaylik, birgalikda millatdoshlarimizni sevintiraylik.

📲Ishtirok etish uchun biz bilan bog‘laning: +22782757575

🌙 Qurbonlik – saxovat va mehr ulashishdir🇳🇪 Afrikaning Niger davlatida sizlarning omonat qilgan qurbonliklaringiz uchun ...
11/05/2026

🌙 Qurbonlik – saxovat va mehr ulashishdir

🇳🇪 Afrikaning Niger davlatida sizlarning omonat qilgan qurbonliklaringiz uchun hayvonlar xarid qilish ishlari davom etmoqda. Xarid qilinayotgan barcha jonliqlar shariat talablariga to‘liq muvofiq holda tanlanmoqda.

Qurbon hayitiga sanoqli kunlar qoldi. Siz ham o‘z qurbonligingizni Afrikadagi muhtoj va faqir oilalarga ulashib, ularning qalbiga quvonch olib kiring.

🤲 Qurbonlik – nafaqat ibodat, balki minglab insonlarga mehr va yordam yetkazish imkonidir.

📲Ishtirok etish uchun biz bilan bog‘laning: +22782757575

• 2026 - yilgi Qurbonlik narxlari quyidagicha 👇🏳️ Afg‘oniston:🐏 Qo‘chqor — 180$🐄 Sigir — 750$🐂 Buqa — 1000$🇳🇪 Niger:🐑 Qo...
08/05/2026

• 2026 - yilgi Qurbonlik narxlari quyidagicha 👇

🏳️ Afg‘oniston:
🐏 Qo‘chqor — 180$
🐄 Sigir — 750$
🐂 Buqa — 1000$

🇳🇪 Niger:
🐑 Qo‘y — 130$
🐏 Qo‘chqor — 180$
🐂 Mol — 500$

🇲🇷 Mavritaniya:
🐏 Qo‘chqor — 200$
🐫 Tuya — 1000$ – 1500$

🇹🇩 Chad:
🐏 Qo’chqor — 150$
🐂 Mol — 600$

🤝Katta molga hissadorlik: — 120$

✅ Qurbonliklar shariat asosida amalga oshiriladi.
✅ Go‘shtlar haqiqiy ehtiyojmandlarga yetkaziladi.
📹Har bir jarayon foto va video hisobot bilan taqdim etiladi

📲Ishtirok etish uchun biz bilan bog‘laning: +22782757575

2️⃣0️⃣2️⃣6️⃣ - yilgi Qurbonlik Dasturimiz boshlandi.Yaxshilik yo‘lida bardavom bo‘lib kelayotgan “Yaxshilik Karvoni” jam...
29/04/2026

2️⃣0️⃣2️⃣6️⃣ - yilgi Qurbonlik Dasturimiz boshlandi.

Yaxshilik yo‘lida bardavom bo‘lib kelayotgan “Yaxshilik Karvoni” jamoasi bu yil ham muborak qurbonlik amalini ado etish maqsadida o‘zining navbatdagi dasturini boshlaganini e’lon qiladi.
Ushbu dastur orqali ehtiyojmand oilalar, beva-bechoralar va kam ta’minlangan insonlarga qurbonlik go‘shtlarini yetkazish, ularning qalbiga quvonch ulashish niyatidamiz. Har bir ulashilgan go‘sht — bu faqatgina yordam emas, balki mehr, birdamlik va insoniylik ifodasidir.
Siz ham ushbu savobli ishda ishtirok etib, uzoqlarda yashayotgan ehtiyojmand birodarlarimizga quvonch hadya etishingiz mumkin. Birgalikda ko‘proq insonlarga yetib boramiz, ko‘proq duolar olamiz.

• Qurbonlik narxlari:
📍 Afg‘oniston:
🐏 Qo‘chqor — 180$
🐄 Sigir — 750$
🐂 Buqa — 1000$

📍 Niger:
🐑 Qo‘y — 130$
🐏 Qo‘chqor — 180$
🐂 Mol — 500$

📍 Mavritaniya:
🐏 Qo‘chqor — 200$
🐫 Tuya — 1000$ – 1500$

🤝Katta molga hissadorlik: — 120$

✅ Qurbonliklar shariat asosida amalga oshiriladi.
✅ Go‘shtlar haqiqiy ehtiyojmandlarga yetkaziladi.
📹Har bir jarayon foto va video hisobot bilan taqdim etiladi

📲Ishtirok etish uchun biz bilan bog‘laning: +22782757575 ,

🌍 Afrika qit’asining 🇳🇪Niger davlatida ochgan bazi quduqlarimiz. Siz ham shunday quduqlar ochtirishni istasangiz biz bil...
15/04/2026

🌍 Afrika qit’asining
🇳🇪Niger davlatida ochgan bazi quduqlarimiz. Siz ham shunday quduqlar ochtirishni istasangiz biz bilan bog’lanishingiz mumkin:
📲 +22782757575

Aziz yurtdoshlar!Sizlarni muborak Ramazon hayiti bilan samimiy muborakbod etamiz. 🎉Alloh taolo tutgan ro‘zalaringizni, q...
19/03/2026

Aziz yurtdoshlar!
Sizlarni muborak Ramazon hayiti bilan samimiy muborakbod etamiz. 🎉

Alloh taolo tutgan ro‘zalaringizni, qilgan ibodatlaringizni va ehsonlaringizni dargohida qabul aylasin. Ushbu ulug‘ kun barchamizga tinchlik, xotirjamlik va qalb quvonchini olib kelsin.

Yurtimizda mehr-oqibat, saxovat va birdamlik yanada mustahkam bo‘lsin. Har bir xonadonga baraka, har bir qalbga nur va umid ato etsin.

Allohim!
Barchamizni yana ko‘p Ramazonlarga yetkazgin, qilgan yaxshiliklarimizni ko‘paytirgin, yuragimizni iymon va shukr bilan to‘ldirgin.

Ramazon hayiti muborak bo‘lsin! 🌛

©️

19/03/2026

🇲🇷Ilm yurti Mavritaniyaga so‘ngi iftorligimizni berdik.

Alhamdulillah, ushbu muborak oyda shunday ehson qilish nasib etdi.

Allohim!
Qilgan ehsonlarimizni O‘zing qabul aylagin, uni bizlar uchun ulkan ajr va savoblarga aylagin.

Allohim!
Bu iftorlikdan bahramand bo‘lgan ilm talabalariga ilmda baraka, qalblariga nur, hayotlariga fayz ato etgin.

Allohim!
Bizlarni ham doimo yaxshilik qilishdan to‘xtatma, qo‘llarimizni ehsondan, qalblarimizni rahm-shafqatdan ayirma.

Allohim!
Rizqimizga baraka ber, gunohlarimizni mag‘firat qil, qilgan har bir yaxshiligimizni o‘z dargohingda qabul etgin.

Allohim!
Bu amalimizni sadaqai joriya qilgin, oxiratimiz uchun nur va najot sababchisi aylagin.

Amin, ya Robbal ‘alamin.

©️

Address

Istanbul

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Yaxshilik Karvoni posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Share

Category