21/05/2026
🇺🇿🇲🇾 O'zbekiston gilosi Malayziyada sotiladi
✅O‘zbekiston Respublikasining Malayziyadagi Elchixonasi bilan hamkorlikda 2026-yil 18–24-may kunlari Malayziyaning “Syabab Trading Sdn Bhd” va “Mufaz Group Sdn Bhd” kompaniyalari vakillaridan iborat delegatsiyaning mamlakatimizga tashrifi tashkil etilmoqda.
🤝Mazkur delegatsiya tarkibiga Malayziyada sarxil mevalar importi va distribyutsiyasi bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalar vakillari kiritilgan bo‘lib, tashrifdan asosiy maqsad — O‘zbekistonning eksportbop meva-sabzavot mahsulotlari salohiyati bilan yaqindan tanishish, mahalliy eksportchi korxonalar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish hamda eksport hajmini oshirishdan iborat.
🌳Tashrif dasturi doirasida Malayziya kompaniyalari vakillari uchun Toshkent viloyati hamda Samarqand viloyatida joylashgan gilos bog‘lari, meva plantatsiyalari, mahsulotlarni saqlash, saralash, kalibrlash, qadoqlash va qayta ishlash korxonalariga tashriflar hamda mahalliy eksportchilar bilan uchrashuvlar tashkil etilmoqda.
🤝Malayziya kompaniyalari tomonidan O‘zbekistondan sarxil mevalar, xususan, gilos, o‘rik, nektarin, anor va qovun mahsulotlarini import qilishga katta qiziqish bildirilgan. Muzokaralar davomida tadbirkorlar o‘zbek gilosini Kuala-Lumpur xalqaro aeroportigacha yetkazib berish sharti asosida xarid qilish imkoniyatlarini ham muhokama qilmoqda.
✅Shuningdek, tashrif yakuniga qadar delegatsiyaning Farg‘ona viloyatiga borishi rejalashtirilgan bo‘lib, u yerda ham eksportchi korxonalar, meva bog‘lari va mahsulot yetishtirish hamda qayta ishlash quvvatlari bilan tanishuv uchrashuvlari o‘tkaziladi.
🇺🇿🇲🇾Uzbek cherries to be sold in Malaysia
✅In cooperation with the Embassy of the Republic of Uzbekistan in Malaysia, a delegation consisting of representatives of the Malaysian companies "Syabab Trading Sdn Bhd" and "Mufaz Group Sdn Bhd" is being organized to visit our country on May 18-24, 2026.
🤝The delegation includes representatives of companies engaged in the import and distribution of various fruits in Malaysia, and the main purpose of the visit is to get acquainted with the export potential of Uzbekistan's fruit and vegetable products, establish direct cooperation with local exporting enterprises, and increase export volumes.
🌳As part of the visit program, visits to cherry orchards, fruit plantations, product storage, sorting, calibration, packaging and processing enterprises located in the Tashkent and Samarkand regions are being organized for representatives of Malaysian companies, as well as meetings with local exporters.
🤝Malaysian companies have expressed great interest in importing a variety of fruits from Uzbekistan, in particular cherries, apricots, nectarines, pomegranates and melons. During the negotiations, entrepreneurs are also discussing the possibility of purchasing Uzbek cherries on the condition of delivery to Kuala Lumpur International Airport.
✅It is also planned that the delegation will visit Fergana region before the end of the visit, where they will also hold familiarization meetings with exporting enterprises, orchards and production and processing facilities.