03/06/2026
Biografiyasi
Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Mehnat faoliyatini „Saodat“ jurnalida boʻlim boshligʻiligidan boshlagan (1972). Talabalik yillarida „Ilk muhabbat“ (1968) sheʼriy toʻplami chop etildi. Shoiraning „Oq olmalar“ (1973), „Saman" (1974) toʻplamlari izma-iz bosildi. Halima birdan oʻziga xos shoira sifatida tanildi. 1975—1977-yillarda Moskvadagi Adabiyot institutining Oliy Adabiyot kursida oʻqidi. Shu yillarda shoiraning „Beliye yabloki“ (Sovetskiy pisatel, 1977), „Suyanch togʻlarim“ (1976), „Bobo quyosh“ (1977) toʻplamlari bosildi. „Yosh gvardiya“ nashriyotida boʻlim boshligʻi (1978—1982), „Saodat“ jurnalida muharrir oʻrinbosari, 1984—1994-yillarda „Saodat“ning bosh muharriri, 1991—1994-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi xotin-qizlar qoʻmitasi raisi boʻldi. Shoira sheʼrlarida oddiy dehqonlar, ona-yurt harorat bilan kuylandi. Mustaqillik yillarida Halima Xudoyberdiyeva xalq tarixi, mashhur ajdodlar haqida yozdi. „Muqaddas ayol“ (1987), „Bu kunlarga yetganlar bor“ (1993), „Toʻmarisning aytgani“ (1996), „Saylanma“ (2000) shoiraning muhim asarlaridir.[1]